Vaksinatsiya, donorlik, sigaret. To‘qayev salomatlik to‘g‘risidagi yangi kodeksni imzoladi

Jahon 22:59 / 07.07.2020 7719

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev "Xalq salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi to‘g‘risida"gi kodeksni imzoladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Salomatlik to‘g‘risidagi kodeks oxirgi ikki yil davomida eng ko‘p muhokama qilingan qonun loyihalaridan biri bo‘ldi.

Majburiy vaksinatsiya joriy etilishi to‘g‘risidagi me'yor qozog‘istonliklar orasida bahsga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bunga qarshi chiqdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarni vaksinatsiya qilishdan bosh tortish mamlakat konstitutsiyasi va BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bilan kafolatlangan bolalarning salomatligini himoya qilish huquqini buzadi deb e'tirof etdi.

Natijada kodeksda vaksinatsiya ixtiyoriy va majburiy toifalarga ajratildi. Har ikki holatda ham ota-onalar vaksinatsiyaga rozi bo‘lish yoki rozi bo‘lmaslik huquqiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, bolalar bog‘chalari emlanmagan bolalarni qabul qilishni rad etishi mumkin.

Kodeks bilan qozog‘istonliklarga ish kunlari 22.00dan 09.00gacha, dam olish va bayram kunlari 23.00dan 10.00gacha shovqin ko‘tarish taqiqlandi.  

Kodeksda elektron sigaretlar, tamaki va chilimni o‘t oldiruvchi tizimlar oddiy sigaretlarga tenglashtirildi. Tamaki mahsulotlarini sotish uchun yosh cheklovi 18dan 21 yoshga oshirildi. Shuningdek, avtomobil salonida voyaga yetmagan bola bo‘lgan vaqtda chekkanlik uchun jarima belgilandi.

Vafot etgan donorning organlarini olish tartibiga tuzatishlar kiritildi. Hayotligida donorlikka rozi bo‘lmagan shaxsning organlarini olish taqiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: