Samarqanddagi turizm universiteti o‘qituvchilarni ishga taklif etadi

Jamiyat 11:00 / 07.07.2020 9528

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetiga o‘qituvchi lavozimiga menejment-turizm sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar ishga taklif qilinadi (ilmiy daraja inobatga olinadi).

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • nomzodning shaxsan o‘zi tomonidan ingliz, o‘zbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI yoki CV;
  • mutaxassislik fanidan ingliz tilida o‘tilgan darsning 20 minutlik videotasviri;
  • ilmiy maqolalar ro‘yxati;
  • Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 11 avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS 6,5; TOEFL 575). Xorijda ta’lim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati shart emas);
  • ta’lim sohasida 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega bo‘lishi, kompyuter texnikasini yaxshi egallashi, o‘z mutaxassisligi va ingliz tilini mukammal bilishi, o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni yurita olishi, zarurat tug‘ilganda xizmat safarlariga chiqishi;

O‘z navbatida «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti nomzodlarga quyidagilarni taklif etadi:

  • barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan);
  • istiqbolli karerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati;
  • xorij davlatlariga xizmat safarlari.

Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 17:00 gacha).

Barcha savollar bo‘yicha +99897 2857839 telefon raqami orqali soat 10:00 dan 17:00 gacha 2020 yil 20 iyulga qadar murojaat qilishingiz mumkin.

Nomzodlar nabduvakhidova@univ-silkroad.uz elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

  • Mutaxassislik fanini ingliz tilida o‘tgan 20 daqiqalik video dars.
  • O‘zbek yoki rus, ingliz tilidagi KPI va CV.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: