Rossiya inqirozning eng og‘ir bosqichiga endi kirmoqda – ekspert 

Jahon 17:41 / 07.07.2020 11579

Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozning eng og‘ir bosqichi Rossiya uchun endi boshlanmoqda. “Skolkovo” jamg‘armasi raisi Arkadiy Dvorkovich “Innoprom onlayn” xalqaro sanoat marafoni chog‘ida shunday fikrni ilgari surgan. Eng qiyin vaziyatga kichik va o‘rta biznes tushadi, deb hisoblamoqda ekspert. Bu haqda TASS yozmoqda

“Ishonamanki, biz barchamiz ayni vaqtda qaysi o‘rinda ekanimizni to‘liq anglab yetganimiz yo‘q. Optimistlar fikricha, biz allaqachon chuqurlikdamiz, Yevropa esa, allaqachon inqirozdan chiqishni boshlagan. Menimcha. Biz hali chuqurlik tubiga yetib borganimiz yo‘q, ayniqsa, Rossiyada inqirozning eng og‘ir bosqichiga kirib kelyapmiz. Albatta, bu qaysidir darajada kichik va o‘rta biznesga aloqador, u yerda barcha muammolar ahli oldinda. Qiyinchiliklar yoz mavsumi, kuz, balki yil oxiriga borib boshlanar”, - degan Dvorkovich.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar so‘nggi ikki-uch oyda kichik va o‘rta biznes shunchaki chidab, yaxshi bo‘lishini kutgan bo‘lsa, endilikda, bunday kompaniyalar yopila boshlaydi, jiddiy muammolar boshlanadi. Bunda yirik kompaniyalar yoz oxiri-kuz boshiga kelib ishlab chiqarishni kuchaytira boshlaydi, lekin ular ham inqirozgacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichiga ancha uzoq bo‘ladi. 

“Bu muammolar kamaymasligini, balki ayni lahzada kamroq, lekin to‘planib qolishini, katta muammolar esa, to‘planib qolishini anglatadi. Demakki, muammolar hech qayoqqa g‘oyib bo‘lmaydi. Afsuski, ko‘p sohalarda ayrim o‘yinchilarning tark etishini, yiriklarining jon saqlab qolishini bildiradi”, - degan Dvorkovich. Uning aytishicha, hukumat biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p ish qilmoqda, ammo ustunliklarni tanlashga to‘g‘ri keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: