«Roskosmos» bosh direktor o‘rinbosari davlatga xiyonatda gumon qilinib qo‘lga olindi

Jahon 14:07 / 07.07.2020 9091

“Roskosmos” davlat korporatsiyasi axborot xizmati xabar qilishicha, bugun tergov idoralari tomonidan “Roskosmos” davlat korporatsiyasi bosh direktorining maslahatchisi I.I. Safronovni ushlash amaliyoti o‘tkazildi”, - deya ma'lum qilgan Roskosmosda.

Qayd etilishicha, Safronovga RF JKning 275-moddasi (davlatga xiyonat) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Hozirda tergov ishlari olib borilyapti”, - deyiladi Roskosmos xabarida. 

Xabarda ta'kidlanishicha, Roskosmos tergov idoralariga har qanday ko‘mak bermoqda. 

Uni Rossiya FXX xodimlari qo‘lga olgan. 

1990 yili Moskvada dunyoga kelgan Safronov 2010 yili Iqtisodiyot oliy maktabini “jurnalistika” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. 2010-2019 yillarda “Kommersant” nashri muxbiri va maxsus muxbiri. 2019-2020 yillarda “Vedomosti” gazetasining maxsus muxbiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 

Harbiy, harbiy-texnik hamkorlik, mudofaa sanoati majmuasi muammolari va kosmik sanoatni yoritgan. May oyida Safronov Roskosmos bosh direktorining axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: