“Qo‘ng‘irot soda zavodi” tomonidan “A” markali kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarila boshlandi

Jamiyat 17:25 / 07.07.2020 6908

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJda kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarilishi 2006 yilda boshlangan bo‘lib, shu kungacha “B” markali (“yengil”) kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarilgan.

Joriy yil 30 iyun kuni “Qo‘ng‘irot soda zavodi”da “A” markali “og‘ir” kalsinatsiyalangan soda olindi. Keyingi kunlar davomida ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq rejimga chiqishi rejalashtirilmoqda.

“Og‘ir” soda “B” markali (yengil) kalsinatsiyalangan soda kabi kimyoviy tarkibga ega bo‘lib, uning sochilish zichligi 0,9-1,1 g/sm3ni tashkil etishi evaziga “yengil” sodaga nisbatan uning iste'mol xususiyatlarini oshiradi.

Uning monogidrat usulida olingan kristallari barqaror formaga ega bo‘lib, u changimaydi va yuklash, tashish jarayonlarida sochilish zichligi deyarli saqlanib qoladi.

Og‘ir soda yengil soda kabi shisha mahsulotlari va sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarishda, qurilish mollari tayyorlashda hamda sanoat miqyosida suvning qattiqligini pasaytirish maqsadida qo‘llaniladi.

Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab “A” markali kalsinatsiyalangan soda “Sirdaryo universal oyna” MChJga yetkazib berish va mahsulotni eksportga chiqarish rejalashtirilmoqda.

 “O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: