Pandemiyadan keyingi dunyo qanday bo‘ladi? BMT bosh kotibi o‘z taxminlarini bildirdi

Jahon 17:10 / 07.07.2020 45755

Uning fikricha, birinchi, ya'ni yaxshi holatda, mamlakatlar hozirgi vaziyatdan chiqib ketishadi. Shimoliy davlatlar muvaffaqiyatli tiklanish rejasini tuzadi, rivojlanayotgan davlatlar yordam olishadi. Bunda Guterresh vaksina 9 oyda topilishi va barcha barobar bo‘lishiga umid bildirgan. Uning aytishicha, agar voqealar rivoji shu tarzda bo‘lsa, iqtisodiyot tiklanishni boshlaydi, shunda dunyo 2-3 yildan so‘ng normal holatga keladi

Mabodo davlat sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirmasa, salbiy voqealar rivoji ham kuzatilishi mumkin, deydi BMT bosh kotibi. Bu holatda, virusning yangi tarqalish markazlari paydo bo‘ladi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi vaziyat yomonlashadi. Shu bilan birga, vaksina ustidagi tadqiqotlar cho‘zilishi yoxud uning uchun keskin raqobat kuchayishi hamda iqtisodiy imkoniyat ko‘proq mamlakatlargina xarid qila olishi mumkin. 

“Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, biz segregatsiya (irqiy kamsitish namunasi), populizm (safsatabozlik) va ksenofobiyaga guvoh bo‘lamiz”, — deya qayd etgan Guterresh.

Bundan tashqari, ikkinchi holat ro‘y bergudek bo‘lsa, har bir davlat o‘z holicha yashashini, jahon hamjamiyati umumiy muammolarni hal qilish uchun yagona boshqaruvga birlasha olmaydi. Oqibatda, bosh kotibga ko‘ra, global turg‘unlik sodir bo‘ladi va kamida 5-7 yil davom etadi. 

Siyosatchi, hozirda, dunyo qaysi yo‘nalishda harakatlanayotganini aytish qiyin degan fikrni ilgari surar ekan, imkon boricha barchasini bajarishga hamda yomon vaziyatga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirmoqda. Pandemiya hulq-atvorni o‘zgartirishi kerak, ammo tarqoqlik barcha uchun xavflidir. 

BMT bosh kotibi, dunyo yetakchilarini jahon muammolarini hal etish va xalqaro tashkilotlarning harakat qilishlari uchun birlashishga chaqirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: