Hindiston eksporti importini ortda qoldirdi

Jahon 12:30 / 07.07.2020 5156

Unga ko‘ra, iyun oyidagi profitsitga eksport qisqarishi sur'atining 12 foizga sekinlashuvi sabab bo‘lgan. O‘tgan oyda import miqdori 49 foizga pasaygan edi. Natijada Hindiston importi hajmi iyun oyida 21,1 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 21,9 mlrd dollarlik mahsulotni eksport qilgan

Hindiston so‘nggi marotaba 2002 yil yanvar oyida savdoda ijobiy saldoga ega bo‘lgan. O‘shanda oradagi farq 10 mln dollarni tashkil etgan. 

Eksport hajmi qisqarishi koronavirus pandemiyasi bois joriy qilingan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinishi bois, mamlakat sanoatining o‘z faoliyatini tiklashi bilan bog‘liq. Bu ayrim mahsulotlar, jumladan, temir rudasi va oziq-ovqatlar eksportini oshirish imkonini bergan. 

Shu bilan birga, Hindiston iyun oyida transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar, po‘lat, xo‘jalik elektronikasi, paxta, matolar va qimmatbaho toshlar importini kamaytirgan. Mamlakat o‘tgan oyda avvalgi oy bilan taqqoslaganda neft importini 55 foizga kamaytirgan.

Ko‘proq yangiliklar: