Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT vakili general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishini noqonuniy deb atadi

2020 yil 3 yanvarda eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘i bilan o‘ldirilishi qonunga xilof harakat hisoblanadi. Bu haqda BMTning suddan tashqari qatllar bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Agnes Kallamard aytib o‘tdi.
“AQSh ayni vaqtda taqdim qilgan isbotlarga ko‘ra, general Sulaymoniyga berilgan zarba va unga hamrohlik qilgan kishilarning o‘ldirilishi hech qanday asosga ega bo‘lmagan qotillik bo‘lgan. AQSh bu uchun xalqaro gumanitar huquqqa muvofiq javobgar hisoblanadi”, deb aytgan Kallamard.
“General Sulaymoniy AQShning manfaatlariga qarshi, ayniqsa Iroqda, hujum rejalashtirganining hech qanday isboti keltirilmagan”, deb qo‘shimcha qilgan BMT vakili.
Uning ta'kidlashicha, Qosim Sulaymoniy Eronning Iroq va Suriyadagi harbiy strategiyasiga mas'ul hisoblangan bo‘lsa-da, u tomondan AQSh bilan bog‘liq shaxslarga tahdid solinmagani sababli AQShning generalni yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazgan harbiy amaliyoti noqonuniy bo‘lgan.
OAVda ta'kidlanishicha, Kallamardning dronlar yordamida sodir etilgan qotilliklarga bag‘ishlangan ma'ruzasi 9 iyulda BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida taqdim qilinadi. Ma'lum qilinishicha, ushbu ma'ruzaning yarmi Sulaymoniyning o‘ldirilishiga bag‘ishlanadi. Biroq ta'kidlab o‘tish joiz, AQSh ushbu kengashdan 2018 yildayoq chiqib ketgan.
General Sulaymoniy va Iroqning shia qo‘shinlari qo‘mondoni Abu Mahdi al-Muhandis AQShning amaliyoti natijasida yo‘q qilingandi. Ushbu amaliyot Tramp buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. AQSh prezidenti Sulaymoniyni ko‘p yillar avval yo‘q qilish kerak bo‘lgan jahon miqyosidagi terrorchi deb atagan.
Iyun oxirida Eron sud hokimiyati Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun Tramp va yana 30 dan ko‘proq kishining hibsga olinishiga order bergan hamda Interpoldan ularni qidiruvga berishni so‘ragan. Biroq Interpol Eron talabini bajara olmasligini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi
Jahon | 22:16
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
-
Ukrainada «Neptun» raketasiga oid maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringan xitoylik josuslar ushlandi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

21:13
AQSh armiyasi Patriot raketalari xaridini to‘rt baravar oshirdi

18:49
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi

18:03
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

13:56