BMT bosh kotibi dunyoni pandemiyadan keyin ikki yo‘ldan biri kutayotganini aytdi

Jahon 11:54 / 07.07.2020 12843

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘z maqolasida yozishicha, koronavirus pandemiyasi davlatlar ichidagi hamda davlatlaro munosabatlardagi tengsizlikni chuqurlashtirib yubordi. Pandemiya yakunlangandan keyin dunyo faqat ikkita yo‘ldan borishi mumkin.

Bosh kotib 6 iyulda Aftonbladet nashrida chop etilgan maqolasida ta'kidlashicha, kelajakni oldindan bashorat qilib bo‘lmasa-da, u pandemiyadan keyin dunyo uchun ikkita yo‘l - optimistik va pessimistik ssenariyni ko‘rmoqda.

Optimistik ssenariy agar davlatlar pandemiya bilan bog‘liq joriy vaziyatni eplay olib, tiklanishning muvaffaqiyatli rejasini ishlab chiqib, rivojlanayotgan davlatlarga yetarlicha yordam taqdim qila olsa mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, hayotga birinchi rejaning tatbiq qilinishi yaqin 9 oy  ichida koronavirusdan samarali va hamma uchun vaksina yaratilishiga yordam bergan bo‘lardi.

“Agar hammasi shunday yuz bersa, iqtisodiyot sekin-asta tiklansa, biz 2-3 yildan keyin normal holatga ma'lum darajada qaytish uchun kerakli yo‘nalishdan harakatlanishni boshlaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Guterrish.

Biroq keyingi vaziyat rivojlanishining yomon varianti ham mavjud. Bu variant davlatlar pandemiyaga qarshi birlashmasa virusning yangi avj olishlari yuz berishini, vaksinani yaratish bo‘yicha ishlar cho‘zilishini yoki uni faqatgina “boy” davlatlar olishi mumkinligini nazarda tutadi.

“Agar bu ssenariy yuz bersa, unda segregatsiya [tabaqalanish], populizm va ksenofobiyaning kuchayishini ko‘ramiz. Har bir davlat o‘zicha yoki ba'zi muayyan vazifalar bo‘yicha hamkorlik qilishni istovchi koalitsiyalar tarkibida harakat qiladi”, deb yozgan BMT bosh kotibi.  

Guterrish pessimistik prognoz amalga oshganining natijasi sifatida 5-7 yillik global depressiya boshlanishini ko‘rishini aytgan.   
Uning ta'kidlashicha, hozircha dunyo qay yo‘nalish bo‘yicha ketayotganini ko‘rish qiyin, biroq optimistik prognoz amalga oshishi uchun barcha ishni qilish va pessimistik prognozga tayyor turish lozim.

Ko‘proq yangiliklar: