Avstraliyadagi do‘konlarda mevalardan yana ignalar chiqmoqda

Jahon 07:21 / 07.07.2020 13093

Avstraliya supermarketlarida qulupnay ichiga ignalar tiqib ketish holatlari yana uchray boshladi. 27 iyundan 1 iyulga qadar Adelaida politsiyasiga Woolworths tarmog‘i oziq-ovqat do‘konlari mijozlaridan bu borada 3ta murojaat kelib tushgan.
 
Xaridorlar qulupnay va avokadolarda temir ignalar, buxanka nonlarida esa kanselyariya knopkalarini topishgan. Politsiya igna va knopkalar maxsulotlarga ataylab tiqilgan, deb hisoblamoqda.

Ta'kidlanishicha, Woolworths kompaniyasi bu holatdan tashvishga tushib, o‘zi mustaqil tergov boshlab yuborgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil Avstraliyaning 6 shtati aholisi do‘konlardagi qulupnaylar ichidan ignalar chiqayotgani haqida shikoyat qilgan edi. Hammasi bo‘lib 100ga yaqin bunday holat qayd etilgan. Bundan tashqari, ignalar bir necha bor olma, banan va mangoda aniqlangan.

Politsiya versiyasiga ko‘ra, qulupnaylarga ignalarni mevalar yetishtirish fermasining 50 yoshli supervayzeri May Ut Trinx tiqqan. Mehnat sharoitlaridan norozi bo‘lgan ayol shu tariqa o‘z ish beruvchisidan  o‘ch olishga qaror qilgan. Biroq keyinroq boshqa odamlar ham bunga taqlid qilib, mevalarga ignalar tiqa boshlagan. 

Mamlakatda bunday holatlar ko‘plab uchray boshlagach, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mevalar ichiga ignalar tiquvchi jinoyatchilarga qarshi jazoni 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan qat'iylashtirishini ma'lum qilgan. Sky News Australia nashri ma'lumotlarga ko‘ra, uning bu tashabbusi senat ma'qullovidan o‘tgan.  

Ko‘proq yangiliklar: