Amerikada TikTok ilovasi yopilishi mumkin - Pompeo

Jahon 13:20 / 07.07.2020 4547

Boshlovchi AQSh ham Hindiston singari Xitoy ijtimoiy tarmoqlarini taqiqlashi mumkin yoki yo‘qligiga qiziqqan. Rasmiy Dehliga ko‘ra, ushbu ijtimoiy tarmoq rahbariyati tashviqot bilan shug‘ullanadi va ma'lumotlarni XXR hukumatiga uzatadi. Birgina AQShning o‘zida 30 mln.dan ortiq TikTok foydalanuvchisi bor.

“Biz bunga juda jiddiy qaraymiz. Biz bu savolni ko‘rib chiqyapmiz”, - degan Pompeo hamda avvalroq, Amerika hukumati Xitoyning Huawei va ZTE telekommunikatsiya kompaniyalarini mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid deb e'lon qilganini yodga olgan. 

“Odamlar smartfonlaridagi Xitoy ilovalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ishontirib aytamanki, AQSh kerakli choralarni ko‘radi”, - deya qayd etgan Maykl Pompeo. Shu bilan birga, u masala qanday hal etilishini AQSh prezidenti Donald Tramp to‘xtalmaguncha, batafsil ochiqlashni istamasligini bildirgan. 

29 iyun kuni Hindiston Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi Xitoyda ishlab chiqilgan 59ta mobil ilovani “mamlakat xavfsizligiga va mustaqilligiga halokatli ta'siri uchun” taqiqlab qo‘yishga qaror qildi. Ular orasida TikTok ilovasi ham bor edi. 

TikTok ilovasi o‘z foydalanuvchilariga qisqa videolavhalarni shu nomdagi ijtimoiy tarmoqda e'lon qilish imkonini beradi. U Xitoyning Byte Dance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2016 yilda XXRda Douyin nomi bilan ishga tushirilgan. 

2017 yili xalqaro bozorga chiqqan ilova iOS va Android dasturlarida ishlay oladi. So‘nggi hisoblarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab TikTok foydanuvchilari soni 700 mln kishidan ortadi. Undan taxminan 150 mamlakat aholisi foydalanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: