2020 yilning yarim yilida Rossiyada avtomobillar savdosi 23,3 foizga qisqardi

Jahon 16:55 / 07.07.2020 3648

2020 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyada yangi avtomobillar savdosi 23,3 foizga qisqarib, o‘tgan davr mobaynida 635 959 yengil mashina sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga qisqarganini anglatadi. 2019 yilning mos davrida 122 622 ta yengil avtomobil ko‘p sotilgan, deyiladi Yevropa biznesi uyushmasining hisobotida.

Birinchi yarim yillik natijasiga ko‘ra, AvtoVAZ bozor yetakchisi bo‘lib qolmoqda. O‘tgan olti oyda kompaniya 132 595ta mashina sotgan, biroq bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foiz kam demakdir. Ikkinchi o‘rinda Kia 81 219 ta avtomobil bilan (-27 foiz), uchinchi o‘rinda 63 852ta mashina sotish bilan Hyundai, (-27 foiz) turibdi. Kuchli beshlikni Renault (51 535ta, -20 foiz) hamda Toyota (41 646ta, -10 foiz) yakunlamoqda. .

Qimmat avtomobillar brendi orasida BMW yetakchilik qilmoqda. Germaniya kompaniyasi olti oyda 17 110ta avtomobil sotishga erishgan. Ikkinchi o‘rinda Mercedes-Benz (16 246), uchinchida Lexus (8537) joylashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: