La Liga. «Barselona» mehmonda «Vilyarreal»ni yirik hisobda yengib, «Real» bilan farqni qisqartirdi

Foto: Reuters
Ispaniya chempionatida 34-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Vilyarreal» mehmoni bo‘lgan «Barselona» 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar safida Suares, Grizmann va Fati bittadan gol urishdi, yana bir golni Pau Torres o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. «Sariq suvosti kemasi» safida Jorjye Mendesh yagona golga mualliflik qildi.
Lionel Messi o‘yin davomida ikkita golga assistentlik qildi. Uning o‘yin yakunida jarimadan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Bu g‘alabadan keyin «Barselona»ning ochkolari soni 73taga yetdi va «Real» bilan farq yana 4 ochkogacha qisqardi.
La Liga. 34-tur
Vilyarreal – Barselona 1:4
Gollar: Jyerar Moreno (14) – Pau Torres (3, avtogol), Suares (20), Grizmann (45), Fati (86).
Vilyarreal: Asenxo, Alberto Moreno, Albiol, Mario Gaspar, Pau Torres, Kasorla (Trigeros, 56), Iborra (Soriano, 46), Zambo-Angissa, Chukvueze, Pako Alkaser (Bakka, 36; Nino, 70), Jyerar Moreno (Moyses Gomes, 46).
Barselona: ter Stegen, Semedu (Rakitich, 60), Pike (Arauxo, 82), Langle, Serxio Roberto, Vidal, Buskets (Breytueyt, 73), Alba, Messi, Grizmann (Fati, 72), Suares (Puch, 60).
Ogohlantirishlar: Pau Torres (17).
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025