Turkiyada yangi qanotli raketa sinovlari yakunlandi (video)

Jahon 17:22 / 05.07.2020 10896

Turkiya prezidenti ma'muriyatidagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demirning Twitter’da ma'lum qilishicha, Turkiyada ishlab chiqilgan birinchi kemalarga qarshi raketaning sinovi vaqtida qo‘yilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgan. Uning ta'kidlashicha, yaqin orada raketa Turkiya armiyasi qurollanishiga topshiriladi va AQShning Harpoon raketalari o‘rnini egallaydi.

Raketani yaratish ustidagi ishlar 2009 yildan boshlab Roketsan kompaniyasi tomonidan olib borilgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, yuqori aniqlikdagi raketa patrul katerlari, fregatlar va korvetlarga o‘rnatilishi mumkin. U parvoz vaqtining o‘zida nishonni o‘zgartira oladi. 

Ko‘proq yangiliklar: