O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 9700dan oshdi

O‘zbekiston 00:04 / 05.07.2020 26407

«2020 yil 4 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9708 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 58 nafari Toshkent shahrida (shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 31 nafari aholi orasida), 26 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 6 nafari Navoiy viloyatida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun kun davomida jami 312ta yangi holat qayd etildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida jami 174 nafar bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6425 nafarni tashkil etmoqda, ikki kishi vafot etib, jami o‘limlar soni 31taga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 3252 bemor davolanmoqda. Shundan 15 nafari og‘ir, 9 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: