Iordaniyada xorijliklarga karantinga rioya qilishlarini kuzatish uchun elektron bilakuzuklar taqish joriy qilindi

Jahon 19:42 / 05.07.2020 2209

Iordaniyaga kelayotgan xorijliklar 14 kun davomida hukumat tomonidan belgilangan va O‘lik dengiz bo‘yida joylashgan mehmonxonalarda qolishlari kerak bo‘ladi. Iordaniyaning viruslarga qarshi kurashuvchi maqsadli guruhi vakili Nizor Obeydatning ma'lum qilishicha, ushbu muddatdan keyin xorijliklar yana 14 kun uyda yoki boshqa mehmonxonada mustaqil yakkalanishlari kerak bo‘ladi.

Iordaniya koronavirus tarqalishiga qarshi qat'iy choralar, jumladan komendantlik soati kiritgan edi. Bu maqsadda jumladan dronlar qo‘llanmoqda. Iyun boshida cheklovlar qisman yumshatilgan. Ayni vaqtda qirollikda koronavirusdan 1147 ta kasallanish holati hamda 10 ta o‘lim qayd etilgan. Iordaniya sog‘liqni saqlash vazirligi deyarli har kun iordaniyaliklar va xorijliklar orasida yangi kasallanish holatlari qayd etilayotganini ma'lum qilmoqda. 

Ta'kidlash joiz, pandemiya vaqtida bir nechta davlatlarda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida kuzatuv olib boruvchi elektron qurilmalar, jumladan maxsus dasturlarga ulangan bilakuzuklar va aqlli soatlar qo‘llangan. Misol uchun, Hongkongda mart oyidayoq xorijdan keluvchi barchaga karantinga rioya qilishlarini nazorat qilish maqsadida elektron bilakuzuklar taqish majburiy qilingan. Shuningdek, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan va Singapurda ham koronavirus tarqalishiga qarshi bir qator texnik vositalar qo‘llangan. 

Ko‘proq yangiliklar: