«Medvedevning xotiniga tegishli samolyot» Rossiyada xalqaro parvozlarga qo‘yilgan taqiqqa qaramasdan xorijga uchdi

Jahon 20:21 / 04.07.2020 24082

"MBX Media" nashrining yozishicha, aynan ushbu biznes-jyet iyunda Latviya va Germaniyaga hamda ikki marta Kiprga parvoz qilgan. 

Koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklov choralariga qaramasdan "Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi" tomonidan Rossiya sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedevning xotini foydalanishi aytib kelinadigan biznes-jyet Yevropaga parvoz qildi.

ADS-B Exchange sayti ma'lumotiga ko‘ra, 4 iyul kuni bort raqami M-SKSM bo‘lgan Bombardier Global 5000 biznes-jyeti Moskvadagi Vnukovo aeroportidan parvoz qilib, Barselonadagi El-Prat aeroportiga qo‘ngan hamda ortga qaytgan.

"MBX Media" nashri ham ushbu holatga e'tibor qaratdi. Nashrning yozishicha, aynan ushbu biznes-jyet iyunda Latviya va Germaniyaga hamda ikki marta Kiprga parvoz qilgan. 

2019 yil oxirida "Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi" bort raqami M-SKSM bo‘lgan samolyotdan Svetlana Medvedeva foydalanishini ma'lum qilgandi.  

Koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya hukumati 27 martdan xalqaro muntazam va charter reyslari qatnovini to‘xtatgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: