COVID-19 bilan kasallangan amerikaliklarning yarmidan ko‘pi infeksiya manbayini aniq ayta olmadi

Jahon 09:37 / 04.07.2020 5100

Koronavirus bilan kasallangan amerikaliklarning yarmidan ko‘pi infeksiyani qayerdan yuqtirib olganini bilmaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu holat juda dahshatli: bu kasallik asorati bo‘lmagan odamlardan ko‘plab kishilar yuqtirib olishi mumkinligini anglatadi.

Koronavirus uchun testi musbat natija ko‘rsatgan amerikaliklarning 54 foizi infeksiyani kimdan yuqtirib olgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishda qiynaldi, deyiladi AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) so‘rovi natijasida.

15 apreldan 24 maygacha bo‘lgan davrda testi musbat natija bergan shaxslar tasodifiy tanlash yo‘li orqali telefonda so‘rovnomadan o‘tkazildi. Tadqiqotda jami 350 kishi ishtirok etdi. Ularning faqat 46 foizi infeksiyani kimdan yuqtirib olishgani ma'lum ekanini bildirgan. 45 foiz holatlarda bu oila a'zosi bo‘lgan, 34 foiz vaziyatda - hamkasb.

«Ushbu xulosalar koronavirus tarqalishining oldini olish uchun test o‘tkazish, surishtiruvni amalga oshirish, aloqalarni qidirish va infeksiyani yuqtirib olgan odamlarni izolyatsiya qilish zarurligini ko‘rsatadi», - deyiladi CDC saytida. Tadqiqot natijalari katta tashvish tug‘diradi, sababi ko‘pchilik COVID-19’ni kasallik alomatlarsiz kechgan yaqin kishilardan (oilada yoki ishda) yuqtirgan, deya Boston tibbiyot maktabi dotsenti Joshua Barokasning so‘zlarini keltiradi CNBC. Uning ta'kidlashicha, ushbu vaziyat tufayli kasallangan kishining aloqalarini kuzatish «nihoyatda qiyindir».

Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda 2,77 million kishi koronavirus bilan kasallangan, 129,150 kishi vafot etgan. 3 iyun kuni mamlakatda 55 220ta yangi holat qayd etildi - bu epidemiya boshlanganidan beri rekord ko‘rsatkich. 

Ko‘proq yangiliklar: