AQSh migratsion xizmatining 70 foiz xodimi haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarilishi mumkin

Jahon 01:39 / 04.07.2020 4141

Qayd etilishicha, fuqarolik va immigratsiya masalalari xizmati 3 avgustda 13400 nafar xodimni haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarishga tayyorlanmoqda.

Koronavirus pandemiyasi davrida viza olish uchun murojaatlarning keskin kamayishi AQSh ichki xavfsizlik vazirligi huzuridagi fuqarolik va immigratsiya masalalari xizmatining 70 foizga yaqin xodimi haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda xizmat direktori o‘rinbosari Jozef Edlouga tayanib The New York Times gazetasi xabar berdi.

"U 19 mingga yaqin xodimga pandemiya davrida viza yig‘imlari ko‘rinishidagi mablag‘lar tushishi kamaygani sababli xizmat kongressga 1,2 mlrd dollar miqdorida mablag‘ ajratilishini so‘rab murojaat qilganini ma'lum qildi. Ammo kongressdagilar prezident Donald Tramp ma'muriyati so‘rov uchun zarur asos taqdim etmadi va shu bois  fuqarolik va immigratsiya masalalari xizmati 3 avgustda 13400 nafar xodimni haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarishga tayyorlanmoqda", deb yozadi gazeta.

Gazetaning yozishicha, xizmatning 4,8 mlrd dollarlik budjetining 97 foizi viza yig‘imlari hisobiga shakllantiriladi. 

Nashrning hisob-kitobiga ko‘ra, agarda xodimlar haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqariladigan bo‘lsa, immigratsiya masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha barcha jarayonlar to‘xtaydi.

Ko‘proq yangiliklar: