AQSh diplomatlari Saudiya Arabistonini tark etmoqda

Jahon 16:57 / 04.07.2020 13828

Amerikalik o‘nlab diplomatlar va ularning oilalari Saudiya Arabistonida koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sishi sababli qirollikni tark etmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Wall Street Journal xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada davlat departamenti xodimlarga mamlakatni tark etishga ruxsat bergan.

Qayd etilishicha, Ar-Riyoddagi elchixonaning asosan amerikalik bo‘lmagan kamida 30 nafar xodimi mart oyidan buyon uydan turib ishlagan bo‘lishiga qaramasdan koronavirusga chalingan. Iyunda elchixona haydovchisi koronavirusdan vafot etgan, keyinroq diplomatlardan birining oila a'zosiga shoshilinch tibbiy yordam berish rad etilgan va bu ishga elchixona aralashishiga to‘ri kelgan, deb yozadi nashr.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 201 mingdan oshgan. 

Ko‘proq yangiliklar: