Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi

Jamiyat 07:56 / 03.07.2020 5750

Toshkent shahar hokimining 609-sonli qarori bilan poytaxt hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari - departament rahbari tayinlandi.

Ushbu lavozimda bugunga qadar Vazirlar Mahkamasi Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari kotibiyatining mudiri vazifasida ishlab kelgan Sardor Abdullayev faoliyat yuritadi. 

Sardor Abdullayev 1983 yil 27 dekabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2001-2007 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Ko‘proq yangiliklar: