Turkiya oliy sudi Ayya Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirishga ruxsat berdi

Jahon 17:41 / 02.07.2020 17414

Turkiya oliy sudi Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi maqomi prezident farmoni bilan o‘zgartirilishi mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda Gretsiyaning Orthodox Times nashri xabar berdi.

Sudning fikricha, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning ibodatxonaga muzey maqomini berish to‘g‘risidagi 1934 yildagi farmoni qonuniy hisoblanadi, ammo mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu maqomni saqlab qolish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish huquqiga ega.

Shuningdek, Turkiya davlat kengashi ham ibodatxonaning kelajagi masalasini ko‘rib chiqqan. Kengashning rasmiy qarori 15 kun ichida e'lon qilinadi.

29 may kuni, Konstantinopolning qulashi sanasi munosabati bilan Avliya Sofiya ibodatxonasida Qur'on tilovat qilindi. Oradan bir hafta o‘tgach, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasi markaziy qo‘mitasiga ibodatxonani masjidga aylantirish imkoniyatini o‘rganib chiqishni topshirdi.

Erdo‘g‘an o‘tgan yili Avliyo Sofiya ibodatxona-muzeyining masjidga aylantirilishi AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti va Jo‘lan tepaliklarini Isroilga tegishli deb tan olish haqidagi qaroriga javob bo‘lishini aytgandi. 

Avliyo Sofiya ibodatxonasi 1934 yilda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning qarori bilan muzey maqomini olgan.

Ko‘proq yangiliklar: