JSST rahbari dunyoda koronavirusdan nechta vaksina ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi 

Jahon 08:35 / 02.07.2020 19076

Butun dunyoda koronavirusdan 141 ta vaksina ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus The Washington Post nashrida chop etilgan maqolada ma'lum qilgan.

JSST bosh direktorining ta'kidlashicha, vaksinani ishlab chiqish bo‘yicha ishlar koronavirus haqida ma'lumot paydo bo‘lishi bilanoq boshlangan.

“Ayni vaqtda 141 ta vaksina ishlab chiqilmoqda. Bu boradagi yetakchilarni muvaffaqiyatdan oylar ajratayotgan bo‘lishi mumkin. To‘liq himoya kafolati yo‘q, biroq biz bunga umid qilmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Gebreyyesus.
 
Uning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi xalqaro hamjamiyat sog‘liqni saqlash inqirozini hal qilish uchun hamkorlikka muhtojligini ko‘rsatdi.

“Biz bu makkor virus bildirayotgan xavflarni nafaqat yo‘q qilishdan yiroqmiz, balki ko‘pchilik odamlar hali ham unga uchrashlari mumkin”, deb aytgan JSST rahbari.    

Gebreyyesus dunyo sog‘liqni saqlash sohasidagi bo‘lg‘usi xavflar oldida o‘ta himoyasiz ekanligi borasida xavotir bildirgan.  

Hozirda vaksinani yaratish bo‘yicha ko‘plab davlatlarda izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada 8 ta vaksina ustida ishlar olib borilayotgan Xitoy dunyoda yetakchilik qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: