DTM direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sardor Rajabov Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u markazning boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Foto: AOKA
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Sardor Rajabov hukumat huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar, S. Rajabov Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Mavzuga oid

12:31 / 03.02.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

15:27 / 09.07.2022
Imtihonlar sanasi, tartibi va boshqalar: Sardor Rajabov bilan suhbat

11:41 / 05.03.2021
DTM mutasaddisi: Milliy test tizimidagi test savollari bilan OTMga kirish test savollarini solishtirib bo‘lmaydi

20:15 / 30.10.2020