Tehrondagi shifoxonada gaz portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Jahon 07:26 / 01.07.2020 2343

Eron poytaxti Tehronning shimolida joylashgan shifoxonalardan birida gaz portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Harirchining ma'lum qilishicha, voqea vaqtida binoda 25 kishi bo‘lgan. Shifoxonaga portlash oqibatida jiddiy talafot yetgan.

Shuningdek, bir necha kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.

Viloyat gubernatorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Hamidrizo Gudarziyning ma'lum qilishicha, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. 

O‘z navbatida Tehron politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Hamid Hadavandning xabar qilishicha, portlashga shifoxonaning pastki qavatida joylashgan kislorodli ballonlar yonishi sabab bo‘lgan. Ballonlar portlagach, yong‘in yuzaga kelgan va u shifoxonaning yuqori qavatlariga o‘tgan.

Bu Tehronda oxirgi kunlarda yuz berayotgan yagona portlash emas. 26 iyunda Tehron chekkasida joylashgan harbiy obekt yonida ham gaz portlagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: