La Liga. «Barselona» uchta penalti belgilangan o‘yinda «Atletiko»ni yenga olmadi

Sport 03:03 / 01.07.2020 10104

Ispaniya chempionatida 33-tur o‘yinlari davom etmoqda. Turning markaziy bahsida o‘z maydonida «Atletiko»ni qabul qilgan «Barselona» 2:2 hisobida durang o‘ynadi. O‘yinda uch marta penalti belgilaganini ta'kidlash kerak.

Bu durangdan so‘ng «Barselona» turnir jadvalida «Real»ni quvib o‘tish imkonini qo‘ldan boy berdi. «Barselona»ning ochkolari soni 70taga yetdi. 71 ochko bilan yetakchilik qilayotgan «Real» esa 33-tur o‘yinini hali o‘tkazgani yo‘q.

Ispaniya chempionati. 33-tur

Barselona – Atletiko 2:2

Gollar: Diyego Kosta (11, avtogol), Messi (50, penalti) –  Saul (19, penalti, 62, penalti).
Barselona: ter Stegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich (Serdji Roberto, 63), Buskets (Fati, 85), Puch, Vidal (Grizmann, 90), Suares, Messi.
Atletiko: Oblak, Felipe, Ximenes, Aryas, Lodi, Saul, Ferreyra Karrasko (Lemar, 85), Lorente (Joau Feliks, 69), Tomas, Korrea (Vitolo, 84), Diyego Kosta (Morata, 76).
Ogohlantirishlar: ter Stegen (17), Pike (18), Saul (35), Felipe (51), Messi (61), Diyego Kosta (75), Ferreyra Karrasko (80).

Ko‘proq yangiliklar: