Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi tadbirkorlik sub'yektlarining elektr energiya ta'minoti yanada yaxshilanmoqda

Jamiyat 13:12 / 01.07.2020 1853

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida bugungi kunda jami 1435 ta yuridik, 37257 ta aholi elektr energiyasi iste'molchilari mavjud.

Tuman hududini 10 dona turli quvvatdagi podstansiyalar barqaror elektr energiya bilan ta'minlaydi.

110/6 kV “Ochistnaya” podstansiyasi tumandagi 100 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari hamda 12300 dan ortiq aholi iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlab kelmoqda.

Jumladan, “Marg‘ilon mexanika ta'mirlash”, “Fergana global tekstil”, “Olimjon farm medikal”, “Agromaks dolina”, “Fergana valley” MChJlar, “Shukur davlat” KTFX hamda YaTT “Musayev” kabi tumanning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalari elektr energiyasi bilan aynan yuqoridagi 110/6 “Ochistnaya” podstansiyasi orqali ta'minlanadi.

Shu kunga qadar, 110/6 kVli “Ochistnaya” podstansiyasida bir dona 10 000 kVA quvvatdagi kuch transformatori mavjud bo‘lib, aholi iste'molchilarining vaqt o‘tishi bilan elektr energiyasiga bo‘lgan talabining ortishi, tadbirkorlarning ishlab chiqarish quvvatlari kengayishi  natijasida, ushbu podstansiya quvvatini oshirish zarurati tug‘ildi.

Farg‘ona viloyati bo‘ylab Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili biznes-ombudsman tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlar davomida hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tashabbusi bilan qisqa vaqt ichida ushbu podstansiya quvvatini orttirish belgilandi.

Hozirda podstansiyaga qo‘shimcha 16 000 kVA quvvatdagi yangi kuch transformatorini o‘rnatish, kerakli elektr qurilmalarni joylashtirish orqali 110/6 “Ochistnaya” podstansiyasi jami quvvati 1,5 barobarga ortdi.
Bu o‘z navbatida, faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi to‘liq qondirilib, yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati, barqarorligi ortishiga va eng muhimi qo‘shimcha 16 mVt quvvat zaxirasi yaratilmoqda.

Ushbu loyiha yakuni bilan nafaqat iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlab, balki istiqbolda yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining ko‘payishiga, ishlab chiqarish mahsulotlarini ortishiga hamda Qo‘shtepa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratiladi.

"Farg‘ona HETK" AJ
Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: