Airbus bir yil ichida 15 ming xodimini qisqartiradi

Jahon 08:23 / 01.07.2020 1620

Yevropaning Airbus SE aviakosmik konserni 2021 yil yozigacha 15 ming xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu koronavirus pandemiyasi sababli kamaygan operatsiyalar ko‘lamiga xodimlarni moslashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

“Oxirgi oylarda sohadagi misli ko‘rilmagan inqiroz ortida tijoriy aviatsiya sohasida faollikning pasayishi 40 foizga yaqinni tashkil qildi. Tijoriy samolyotlar ishlab chiqarilishi hajmi ushbu sharoitlarga moslashtirilgan”, deb aytilgan kompaniya bayonotida. 

Kompaniyada aviatashuvlar hajmining joriy inqirozgacha bo‘lgan darajaga 2023 yildan oldin va hattoki 2025 yilgacha tiklanishi kutilmayapti.

Qisqartirishlarning asosiy qismi Germaniya va Fransiyaga to‘g‘ri keladi. Kompaniya bu davlatlardagi korxonalarida mos ravishda 5,1 ming va 5 ming ish o‘rnini qisqartiradi.

“Airbus soha uchragan eng og‘ir inqirozga to‘qnash keldi”, deb aytgan kompaniyaning bosh ijrochi direktori Giyom Fori.  

Airbus aksiyalari 2020 yil boshidan beri 50 foizdan ko‘proqqa arzonlashib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: