Pokiston harbiylari Kashmirda hind qo‘shinlari joylashgan hududni o‘qqa tutdi
Hindiston armiyasining oldingi pozitsiyalari minomyot va o‘qotar qurollardan o‘qqa tutilgan.
Pokiston harbiylari Kashmirda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzdi va nazorat chegarasidagi Naugan rayonida joylashgan hind qo‘shinlari pozitsiyasini o‘qqa tutdi. Bu haqda PTI agentligi xabar berdi.
"Seshanba kuni Hindiston armiyasining oldingi pozitsiyalari Pokiston nazorati ostidagi Kashmir hududi tarafdan o‘qqa tutildi. Minomyot va o‘qotar qurollardan o‘t ochildi", - dedi Hindiston qurolli kuchlari shimoliy qo‘mondonligi vakillari.
Hindiston tomonidan javob qaytarilgan. Har ikki tomondan yo‘qotishlar to‘g‘risida ma'lumot berilmagan.
Qayd etilishicha, joriy yilda Pokiston armiyasi joriy yilda Kashmirda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini 1400 martadan ortiq buzgan.
Mavzuga oid

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025
Hindiston Toshkentda sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi ma’lumot markazini quradi

12:29 / 03.03.2025