Moskvadagi eng qimmat kvartira narxi ma'lum qilindi

Jahon 21:45 / 30.06.2020 17321

Moskva shahridagi eng qimmat kvartira narxi ma'lum qilindi. “Metrium” kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu kvartira 2,7 mlrd rublga (joriy kurs bo‘yicha 38,5 mln dollar) baholanmoqda.

Ta'kidlanishicha, kvartira Yakimanka tumanidagi “Tsarev sad” apartamentlar majmuasida joylashgan bo‘lib, narxi boshqa qimmat kvartiralarning o‘rtacha narxidan deyarli 20 marta qimmatroqni tashkil qiladi.    

Rossiya poytaxtida qimmatligi bo‘yicha 2-o‘rinni “Moskva-Siti”dagi “Federatsiya. Vostok” binosidagi apartament egallagan. U 2,5 mlrd rublga sotuvga qo‘yilgan. 

Eng qimmat kvartiralar uchligini Moskva markazidagi  Carré Blanc majmuasidagi kvartira yakunlab, u 2,1 mlrd rublga baholangan.

Xabarda ma'lum qilinishicha, Carré Blanc’dagi kvartiraning bir kvadrat metri narxi 3,84 mln rublni tashkil qilib, bunday pulga o‘rtacha kvartira xarid qilish mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: