Tokio aholisining yarmidan ortig‘i Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

Sport 14:51 / 29.06.2020 2342

Tokio aholisining yarmidan ortig‘i 2021 yilgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshi chiqdi. Yaponiya OAVning buyurtmasiga asosan o‘tkazilgan so‘rov natijalari ana shundan darak bermoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 51,7 foizi 2021 yilgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilmasligidan umid qilgan. Ularning 27,7 foizi o‘yinlarning butunlay bekor qilinishi, 24 foizi esa keyinroq o‘tkazilishini  yoqlab ovoz bergan.

Olimpiada o‘yinlari kelgusi yili o‘tkazilishiga umid bildirganlarning 31,1 foizi tadbir miqyosini qisqartirish va tomoshabinlarsiz o‘tkazish kerak degan fikrda. 

So‘rov 26-28 iyun kunlari o‘tkazilgan bo‘lib, unda 1030 kishi qatnashgan.

Iyun boshlarida Belgiya Olimpiya federal qo‘mitasi boshlig‘i Per-Olive Bekers Tokiodagi yozgi Olimpiada o‘yinlari 2021 yilda o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.

Mart oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi pandemiya sababli Tokio Olimpiadasining 2020 yildan 2021 yilga ko‘chirilishini e'lon qilgandi. Yangi muddatlarga ko‘ra, musobaqalar 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: