Namanganda voyaga yetmagan haydovchi bir insonning hayotiga zomin bo‘ldi

Jamiyat 12:01 / 29.06.2020 8644

Joriy yilning 28 iyun kuni soat 12:10larda Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan, tumandagi 15-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi birga yashovchi onasining nomida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotgan bo‘lgan.

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, o‘zidan oldinda ketayotgan piyodalar, Norin tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, 1976 yilda tug‘ilgan va 1977 yilda tug‘ilgan uch nafar ayolni urib yuborgan.

Natijada, piyodalar og‘ir tan jarohati olib, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 28 iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: