La Liga. «Barselona» Vigoda ochko yo‘qotdi

Sport 22:01 / 27.06.2020 8851

La Ligada 32-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Vigoda «Selta» mehmoni bo‘lgan «Barselona» 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Avvaliga Luis Suares Messining kutilmagan uzatmasidan keyin 20-daqiqada hisobni ochgandi. 50-daqiqada Fyodor Smolov hisobni tenglashtirdi.

67-daqiqada Suares yana bitta gol urib «Barselona»ni oldinga olib chiqdi. Suaresning ikkinchi goliga ham Messi assistentlik qildi. 88-daqiqada esa Yago Aspas jarima zarbasini golga aylantirib hisobni tenglashtirdi.

Bu durangdan so‘ng «Barselona» ochkolari sonini 69taga yetkazib oldi va turnir jadvalida vaqtincha yetakchiga aylandi. Bitta o‘yin kam o‘tkazgan «Real» 32-tur o‘yinini eratga Kataloniyada «Espanol»ga qarshi o‘tkazadi.

La Liga. 32-tur

Selta – Barselona 2:2

Gollar: Smolov (50), Aspas (88) – Suares (20, 67).
Selta: Ruben Blanko, Arauxo (Murilo, 73), Aydu, Saens, Vaskes, Denis Suares, Mendes (Bradarich, 60), Xakobo Gonsales (Santi Mina, 81), Yokushlu (Rafinya, 60), Smolov (Nolito, 60), Aspas.
Barselona: ter Stegen, Alba (Firpo, 81), Pike, Umtiti, Semedu, Vidal, Puch (Artur, 86), Rakitich, Fati (Breytueyt, 69), Messi, Suares (Grizmann, 81).
Ogohlantirishlar: Alba (12), Mendes (34), Umtiti (53), Arauxo (61), Breytueyt (82), Aspas (89).

Ko‘proq yangiliklar: