Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Navoiy ko‘chasida o‘g‘irlik qilgan ikki shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 5 iyun kuni taxminan soat 17:00da muqaddam o‘g‘irlik bilan sudlangan 41 yoshli O.X. tanishi, 37 yoshli T.K. bilan jinoiy til biriktirib, Toshkent shahri Shayxontohur tumani A. Navoiy ko‘chasida joylashgan, 61 yoshli X.M. (ayol)ga tegishli bo‘lgan xonadonga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular xonadon yotoqxonasida joylashgan shkafning ichida bo‘lgan 60.000.000 so‘mlik turli xildagi tilla-taqinchoqlar, 150 AQSh dollari va 150.000 so‘m naqd pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida O.X.ga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayb e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, T.K.ga nisbatan esa 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari (ancha miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayb e'lon qilinib, “uy qamog‘i” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi
Ta’lim | 13:13
-
O‘zbekiston va Tojikiston chegaraoldi savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot | 12:54
-
Amur oblastida yo‘qolgan samolyot qoldiqlari topildi
Jahon | 12:40
-
AQSh Kiyevga 322 mln dollarlik harbiy yordamni sotishni ma’qulladi
Jahon | 12:21
Mavzuga oid

15:49 / 12.07.2025
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi

20:45 / 08.07.2025
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi

10:11 / 22.06.2025
Yaponiyada qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan o‘g‘rilar ushlandi

23:34 / 22.05.2025