APL. «Chelsi» «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi - «Liverpul» Angliya chempioni!

Sport 02:32 / 26.06.2020 10294

Angliya Premer-ligasi 31-turida «Chelsi» «Manchester Siti»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, «Liverpul»ning ushbu turdayoq chempion bo‘lishini ta'minladi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Mendi va Gundo‘g‘anning qo‘pol xatosidan keyin Pulishich maydon markazidan katta tezlikda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, hisobni ochdi – 1:0.

55-daqiqada esa Keyin de Bryuyne jarima zarbasini a'lo darajada amalga oshirib, Arrisabalagani ham tomoshabinga aylantirdi – 1:1.

78-daqiqada esa London klubining navbatdagi xavfli hujumi o‘yinning kulminatsion voqeasiga aylandi. Bosh hakam VAR yordamida Fernandinoning darvozaga kirayotgan to‘pni qo‘li bilan qaytarib yuborganligini bilgach, «Siti» darvozasi tomon penalti belgilandi, braziliyalik futbolchi esa maydondan chetlatildi. To‘pga yaqinlashgan Villian zarbada adashmadi – 2:1.

Ushbu hisob o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi. Natijada «Chelsi» muhim g‘alaba bilan 4-o‘rindagi o‘rnini mustahkamlash bilan birga, «Liverpul»ning muddatdan avval – chempionat yakunlanishiga 7 tur qolganida rasman Angliya chempioniga aylanishiga yordam berib yubordi. Sababi «Siti» keyingi turlarda maksimal ochko to‘plagan taqdirida ham 86 ochkosi bor Yurgen Klopp jamoasiga yeta olmaydi.

APL. 31-tur. 25 iyun

Chelsi – Manchester Siti 2:1

Gollar: 1:0 – 36 Pulishich, 1:1 – 55 de Bryuyne, 2:1 – 78, penalti Villian.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Alonso, Ryudiger, Kristensen, Kante, Barkli (Kovachich, 73), Pulishich (Gilmor, 90), Maunt (Pedro, 90), Villian, Jiru (Abraham, 62).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport (Otamendi, 74), Mendi (Zinchenko, 59), Bernardu Silva (Gabriel Jyezus, 55), Gundo‘g‘an, Sterling, Rodri Ernandes (Silva, 55), Marez, de Bryuyne, Fernandino.
Chetlatish: Fernandino (78).

Ko‘proq yangiliklar: