Niqob taqqan holda sport bilan shug‘ullanish xavflimi?

Light 19:24 / 23.06.2020 15572

Ammo ehtiyot choralari talab qilinadi: niqobda bo‘lish karantindan chiqishning asosiy sharti bo‘lib qolmoqda. Biroq og‘ir mehnat yoki sport bilan shug‘ullanishda niqob taqish qanchalik xavfsiz? Bu jismoniy holatini faol ravishda nazorat qiladigan, ammo niqob taqishga majbur bo‘lgan odamlarning sog‘ligiga qanday ta'sir qiladi?

Jismoniy faoliyat paytidagi nafas olish jarayoni tinch holatdagisidan farq qiladi. Nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi, ya'ni bir vaqtning o‘zida o‘pkadan ko‘proq havo o‘tadi. Tana kislorodni faol iste'mol qiladi va buning natijasida keraksiz parchalanish mahsulotlarini, shu jumladan karbonat angidridni chiqaradi. Bu jarayonlar tinch holat bilan taqqoslaganda bir necha marta ko‘proq intensiv bo‘lib, aynan shu nuqtada muammolar paydo bo‘ladi. 

Niqob nafaqat virus va bakteriyalar, balki havo oqimlari uchun ham to‘siqdir. Mato kerakli miqdordagi havo olishni kamaytiradi, shuning uchun faol mashg‘ulot paytida odam kislorod yetishmovchiligini his qiladi.

Shunga qaramay, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu eng dahshatlisi emas. O‘pkadan chiqariladigan karbonat angidrid qisman yuz va niqob orasidagi havo bo‘shlig‘iga tushadi. Shu sababli, faol harakatlanuvchi odam, u xoh quruvchi, yuk ko‘taruvchi yoki sportchi bo‘lsin, karbonat angidrid bilan to‘yingan havoni odatdagidan yuqori iste'mol qila boshlaydi. Bu holda kislorod ulushi kamayadi va nafas olinadigan havo o‘z parametrlari bo‘yicha tog‘li hududlarni eslatadi. Bunday sharoitda ishlash va sport bilan shug‘ullanish juda qiyin.

Uzoq vaqt davomida niqobda bo‘lish va faol jismoniy harakatlanish nafaqat noqulaylik keltirib chiqaradi, balki bundan ham xavflidir. Himoya niqobining mavjudligi tanada kislorod yetishmasligiga olib keladi, bu esa bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va boshqa noxush alomatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Har kunlik kislorod yetishmasligi sog‘lik uchun jiddiy muammolarga olib kelishi mumkinligini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Shu munosabat bilan, mutaxassislar niqoblarning sport va faol jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi odamlar sog‘lig‘iga ta'siri haqida qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligi haqida gapirishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: