Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvada bo‘ladi

O‘zbekiston 20:52 / 22.06.2020 40425

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-24 iyun kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

“24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.

10 iyun kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston, Serbiya va Xorvatiya rasmiylari joriy yil tashkil etilayotgan G‘alaba bayramida ishtirok etishi haqida aytgandi. Ammo keyinroq Turkmaniston va Xorvatiya rahbarlari Moskvaga bora olmasligini ma'lum qildi. 22 iyun holatiga ko‘ra, mehmonlarning yakuniy ro‘yxati e'lon qilinmadi.

Ma'lumot uchun, Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabadan so‘ng, sobiq SSSRda G‘alaba bayrami ilk marta 1945 yil 24 iyunda nishonlangan edi. Shundan so‘ng bayram 1965 yilgacha nishonlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: