«S&P Global Ratings» vakili O‘zbekiston kredit reytingi prognozi «Barqaror»dan «Salbiy»ga o‘zgartirilganiga izoh berdi

Iqtisodiyot 13:05 / 18.06.2020 7615

13 iyun kuni O‘zbekiston hukumati iqtisodiy bloki ishtirokidagi «Munozara klubi»ning ilk uchrashuvida S&P global reyting agentligi tahlilchisi Maks Markgrou mamlakat suveren kredit reytingi bo‘yicha kutilmasi o‘zgartirilishiga ta'sir ko‘rsatgan omillar to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

«O‘tgan hafta biz O‘zbekiston bo‘yicha so‘nggi tadqiqotlarimizni nashr qildik. Reytingni BB- darajasida qoldirdik hamda prognozni barqarordan salbiyga o‘zgartirdik. Amaldagi reytingda hech qanday o‘zgarish yo‘q, reyting hanuz bir xil darajada, shunchaki, kelgusi 12-24 oy ichida reytingni tushirishimiz ehtimoli ko‘proq.

Shunday qilib, kelgusi yilda biz buni diqqat bilan ko‘rib chiqamiz, ammo hozircha reyting avvalgidek. Shunday qilib, 2019 yil oxirida, bizning metodologiyamiz bo‘yicha, hukumat aniq qarz holatiga o‘tdi. Mamlakat qarzdorga aylansa, biz uning tarkibiga bir oz chuqurroq qaraymiz.

Masalan, hukumatning rasmiy kreditorlari uzoq muddatli, past narxlardagi qulay tarkibiga ega bo‘lishiga qaramay, ularning aksariyati chet el valutasida ifodalanadi va valuta kurslari o‘zgarishiga chuqur ta'sir ko‘rsatadi. Qarzlarning aksariyati keng doiradan olinadi, prognoz davrida biz shunday bo‘lib qolishini kutamiz.

Milliy valutada qarz berish hajmi oshib borishi, bu juda ijobiy. Shunga qaramay, tashqi qarz o‘sib bormoqda. Bu mamlakatning tashqi mavqeyiga bo‘lgan qarashimizga ham, biror mamlakatni baholaganimizda biz hisobga oladigan tashqi bahoni ko‘rib chiqayotganimizda ham ta'sir qiladi. Biz bunda nafaqat hukumat, balki mamlakatning ahvolini inobatga olamiz», dedi Maks Markgrou.

Tadqiqotda o‘sish sabablari ham hisobga olingani aytib o‘tildi.

«Joriy yil oxiriga borib, biz mamlakatning likvid tashqi aktivlari yalpi tashqi qarzni qoplamasligini kutmoqdamiz va fikrimizcha bu sezilarli o‘zgarish. Bu bir necha yil pastga tushishi mumkinligini kutgan edik. O‘ylaymanki, bizning qo‘mita oxirgi marta ko‘rib chiqqan tahlilida holat tezkor sodir bo‘layotganini inobatga olgan.

Bu sizning o‘quvchilaringizni iqtisodiyotning tashqi holati haqida biroz tashvishlantiradigan narsa. Bundan tashqari, moliyalashtirish ehtiyojlari xususidagi boshqa tashqi o‘lchovlarimiz bo‘yicha tadqiqotlarimiz hozirda olib boriladigan reyting darajamizga yaqinlashmoqda. Albatta, o‘sish sabablari e'tibordan chetda qolmadi va biz hukumat tomonidan ijobiy islohotlar va kuchli investitsiya rejalarini tan olishga harakat qilamiz.

Oxirgi hisobotda va oldingi hisobotlarda bu haqda qayerda aytib o‘tish mumkin bo‘lsa, bunga urg‘u berdik. Bank sektorini isloh qilishda, moliyaviy tizimda dollarlashtirishni pasaytirishda yutuqlarga erishildi. O‘ylaymanki, so‘nggi vaqtlar ichida statistikaning o‘z vaqtida berilishi va shaffofligini, ayniqsa so‘nggi bir necha yil ichida qilingan tashqi statistikaning juda katta yaxshilanishlarini ta'kidlab o‘tdik», dedi S&P global reyting agentligi tahlilchisi.

Ko‘proq yangiliklar: