O‘zbekistonda o‘tkaziladigan U19 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi

Sport 13:59 / 18.06.2020 5373

Qur'a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U19 yoshlar milliy jamoasi Eron, Indoneziya va Kamboja bilan bir guruhdan joy oldi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-offga chiqishadi. Eng yaxshi 4ta jamoa 2021 yilda Indoneziyada o‘tkaziladigan U20 jahon chempionatiga yo‘l oladi. Qo‘shimchasiga Indoneziya yoshlar milliy jamoasi ham mezbon sifatida musobaqada ishtirok etadi. 

U19 Osiyo chempionati 14-31 oktabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Osiyo chempionati U19
O‘zbekiston – 2020
14 – 31 oktabr

A guruhi
O‘zbekiston
Indoneziya
Kamboja
Eron

B guruhi
Janubiy Koreya 
Yaponiya
Iroq
Bahrayn

C guruhi
Saudiya Arabistoni 
Avstraliya
Vetnam
Laos

D guruhi
Qatar 
Tojikiston
Malayziya
Yaman

Ko‘proq yangiliklar: