«Aprel oyida biz O‘zbekiston reytingini qayta ko‘rib chiqdik va reytingni BB manfiy darajada, kelgusida barqaror deb tasdiqlaymiz. Tashqi kontekstga nazar tashlasak, hozirgi paytda reytingning O‘zbekiston joylashgan kategoriyasida Ozarboyjon, Armaniston, Gruziya kabi mamlakatlardagi salbiy reyting harakatlariga guvoh bo‘ldik. Lotin Amerikasida ham aytaylik, Dominikan Respublikasi, Gvatemala kabi mamlakatlarda pasayishlarni ko‘rishimiz mumkin.
Shunday qilib, O‘zbekiston «mo‘'tadil hisob»ga ega. Davlat va tashqi moliyaviy mablag‘lari kuchli va tashqi shok hamda boshqa tashqi inqirozlarga tezlik bilan javob qaytarishga qodir. Bugungi kunda koronavirus shunday inqirozlardan biridir.
Bundan tashqari, nafaqat qarzlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq ba'zi xavotirlar, shuningdek, moliya va kredit o‘sishi o‘rtasidagi mikro-siyosat izchilligini susaytirishi, ortiqcha xarajatlarning oshishi tufayli sezilarli darajada yumshatilgan. Pul-kredit siyosati doirasi, shuningdek hukumatning yo‘naltirilgan kreditlash, ajratilgan kreditlarni qaytarish bo‘yicha majburiyati va kelajakda qarzni shakllantirish bo‘yicha ba'zi ko‘rsatmalar berilgan. Shubhasiz, hozirgi moliyaviy defitsit holati qarz olishni ko‘paytirishga zarurat tug‘dirdi, shu sababli bizning nuqtayi nazarimizga ko‘ra nafaqat balans aktivlar, balki suveren aktivlar nuqtayi nazaridan ham mustahkamlash kerak. Hukumat qarzdorlik o‘sishini barqarorlashtirish uchun ishonchli yo‘lni taklif qilishi va shu yo‘ldan foydalanishi mumkin», deya «Fitch» katta direktori Erik Arispening so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U islohotlar ahamiyati haqida ham aytib o‘tdi.
«Islohotlar ikki sababga ko‘ra ahamiyatli deb o‘ylaymiz: birinchidan, islohotlar Covid 19 inqirozidan keyingi jadal sur'atlar bilan tiklanish uchun O‘zbekistonning mustahkam asoslarini qo‘llab-quvvatlashda muhimdir. Ushbu inqirozga qarshi kurashish qiyin bo‘lishiga qaramay, tarkibiy islohotlar davom etmoqda. Masalan, hukumat tomonidan moliya sektorida islohotlar davom ettirilmoqda, bu esa o‘z navbatida bizni quvontiryapti.
Bu yaqin kelajakda o‘sish istiqbollarini qo‘llab-quvvatlaydi. Islohotlar, shuningdek, baholash va baho berish uchun biz kuzatib boradigan boshqa parametrlarga ham ta'sir qiladi deb ishonamiz. Bu nafaqat qarzdorlik, tashqi hisoblarning o‘sishi, balki tarkibiy ijobiy o‘zgarishlar omillari bilan bog‘liq. Jahon banki ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘lchanadigan O‘zbekistondagi kredit profilining kamchiliklaridan biri bu institutsional cheklovlardir va bu borada qator ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Endilikda biz hukumat inqirozdan keyingi davrda fiskal konsolidatsiyaga, qarzlarni barqarorlashtirishga va xalqaro balans sifatida barqaror saqlash uchun qanday yo‘ldan ketishiga baho beramiz», dedi Fitch Ratings katta direktori.
U davlat qarzi bo‘yicha ham o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘zbekiston haqida gapirsam, davlat qarzi katta emas. Ammo bu endi mutlaq ma'noda past ham emas, shuning uchun qarz bu yil YaIMning 35 foizigacha ko‘tarilishi prognoz qilingan. O‘zbekistonning davlat moliyaviy siyosati boshqa BB darajasiga ega mamlakatlarga nisbatan kuchliroq. Qarz o‘sishda davom etar ekan, bu qo‘llab-quvvatlovchi omillarning ta'siri pasayadi. Shu bilan birga, tarkibiy islohotlar haliyam muhim islohotlardan biri bo‘ladimi yoki yo‘qmi juda muhim o‘ringa ega», dedi Erik Arispe.
U qarz darajasida hisobga olinishi kerak bo‘lgan omillar haqida gapirgan.
«Endi qarz masalasida gapiradigan bo‘lsam, qarz darajasi bir nechta omillarni ham hisobga olishi kerak: birinchi navbatda valuta tarkibi va uning ahamiyati. Ya'ni mamlakatda tashqi qarz, uning aktivlari va rivojlanayotgan bozorlarga nisbatan talab mavjudligini anglatuvchi rezerv valuta mavqeyiga egami yoki yo‘qmi?
Shuningdek, zaxira valutasi holati bilan bog‘liq moliyalashtirishning moslashuvchanligi – bu mamlakatlarning aktivlari yoki valutalariga talabning o‘sishi yoki qarzdorlikning sezilarli darajada ko‘payishini moliyalashtirishdir. O‘zbekiston hukumati makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, balanslarni pasaytirishga harakat qilmoqda », dedi Fitch Ratings katta direktori.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz axborot hamkori sifatida ishtirok etgan «Munozara klubi»ning ilk muhokamalari 13 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Batafsil videoreportaj bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.