«Rostov»ning 6 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi

Sport 20:40 / 17.06.2020 8511

«Rossiya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi «Sochi» — «Rostov» uchrashuvi oldidan jamoamiz futbolchilari, murabbiylar shtabi va klub xodimlarining COVID-19ga topshirgan testi natijasiga ko‘ra, tarkibdagi 6 nafar futbolchining tahlili ijobiy natija bergani aniqlandi. Ushbu futbolchilar alohida nazoratga olindi. 

Kasallanganlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan jamoaning futbolchilari, murabbiylari – jami 42 nafar a'zosi ikki haftalik karantinga olindi», - deyiladi klub xabarida.

Klub tomonidan ism-sharifi sir saqlangan bu futbolchilar - Roman Yeremenko, Dennis Xajikadunich, Xoren Bayramyan, Matias Normann, Ivelin Popov va Arseniy Logashovdir.

Oldinroq, jamoa a'zolari ikki tarkibga bo‘linib, o‘zaro nazorat o‘yini o‘tkazganligi xabar qilingandi. Ushbu bahsda «Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov ham to‘p surgan.

Ma'lumot uchun, Rossiya Premer-ligasi doirasida 19 iyun kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan «Sochi»ga qarshi bahs noma'lum muddatga qoldirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: