O‘zbekistonda karantin choralari 1 avgustgacha saqlab qolinadi

O‘zbekiston 16:21 / 14.06.2020 65852

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 2020 yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Unga ko‘ra, jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talabiga qat'iy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.

Endi karantin xarajatini karantin talablarini buzgan qoplaydi.

«Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub'yektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish obektlari va b.) tegishli obektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu obektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur sub'yektlar hisobidan qoplanishi belgilandi», deyiladi maxsus komissiya axborotida.

So‘nggi marta O‘zbekistonda «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 15 iyungacha uzaytirilgandi.

  • Eslatib o‘tamiz, 15 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda umumiy ovqatlanish obektlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.
Ko‘proq yangiliklar: