La Liga. «Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozonib, «Real» bilan farqni 5 ochkoga yetkazdi

Sport 03:00 / 14.06.2020 11540

Ispaniya chempionatida 28-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Chempionat yetakchisi «Barselona» 98 kun ichidagi ilk o‘yinida «Malorka» mehmoni bo‘ldi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

2-daqiqadayoq Xordi Albaning uzatmasidan so‘ng Arturo Vidal hisobni ochdi. 37-daqiqada Martin Breytueyt «Barselona» safidagi ilk golini urib farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Alba hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Lionel Messi to‘rtinchi golni urdi. Messi ikkita golga assistentlik ham qildi. Bu g‘alabadan so‘ng «Barselona»ning ochkolari soni 61taga yetdi va kataloniyaliklar ikkinchi o‘rindagi «Real» bilan farqni 5 ochogacha oshirib olishdi. «Real» o‘z o‘yinini ertaga «Eybar»ga qarshi o‘tkazadi.

Ispaniya chempionati, 28-tur

Malorka – Barselona 0:4

Gollar: Vidal (2), Breytueyt (37), Alba (79), Messi (90+3).
Malorka: Reyna, Sastre (Games, 46), Valent, Railo, Kubo, Poso, Dani Rodriges, Sevilya (Salibur, 84), Pedrasa (Baba, 57), Budimir (Prats, 85), Ernandes (Lago Djunior, 46).
Barselona: ter Stegen, Arauxo, Pike, Serdji Roberto (Semedu, 71), Alba, Buskets (Artur, 71), de Yong (Firpo, 84), Vidal (Rakitich, 46), Breytueyt, Messi, Grizmann (Suares, 57).

Ko‘proq yangiliklar: