Rasman: «Rostov»ning 19 iyundagi o‘yiniga muxlislar kiritiladi

Sport 02:13 / 12.06.2020 4851

19 iyun kuni koronavirus sabab to‘xtatilgan Rossiya chempionati tiklanadi. Turning ikkinchi o‘yinida «Rostov» janub derbisi doirasida «Sochi» klubi mehmoni bo‘ladi.

RPL 23-turi doirasidagi «Sochi» – «Rostov» o‘yiniga muxlislar kiritiladi. Bu haqda «Sochi» klubining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qilingan. E'londa aytilishicha, o‘yinga stadion sig‘imining 10 foizi miqdorida tomoshabin kiritiladi. Chiptalar qanday tartibda sotilishi haqida ma'lumot berilmagan. Katta ehtimol bilan o‘yinga faqat «Sochi» muxlislarining kirishiga ruxsat beriladi.

Ma'lumot uchun, «Sochi» klubi 2014 yilgi Olimpiada o‘yinlari munosabati bilan ochilgan «Fisht» stadionida uy o‘yinlarini o‘tkazadi. Arena 44 mingdan ko‘proq muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradi.

23-tur oldidan «Rostov» 38 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. «Sochi» esa 24 ochko to‘plab 12-pog‘onaga joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: