Google AQSh va Kanadadagi turarjoylar va kreditlash reklamasiga talabni kuchaytirmoqda

Fan-texnika 02:21 / 12.06.2020 2643

Google korporatsiyasi yil oxiriga qadar foydalanuvchilarning alohida guruhiga ularning jinsiy mansubligi, yoshi, farzandlarga ega ekanligi, oilaviy ahvoli va pochta indeksiga ko‘ra, ma'lum bir reklamalarni targetlashni taqiqlash haqida qaror chiqardi.

Bu haqda Google’ning vitse-prezidentlaridan biri Skott Spenserning korporatsiya rasmiy saytida joylashtirilgan bayonotida aytilmoqda.

«Google’da reklama joylashtirish qoidalari foydalanuvchilar, reklamachilar va noshirlarni diskriminatsiya kabi noqonuniy harakatdan himoyalash uchun ishlab chiqiladi», — degan Spenser.

U korporatsiya 10 yildan buyon reklama agentliklariga o‘z mahsulotlarini irqiy, diniy mansublik, e'tiqodi va jismoniy nuqsonlariga ko‘ra joylashtirishni taqiqlab kelishini eslatgan. Google endi shu ro‘yxatni yanada kengaytirgan. «Yangi siyosat ish bilan ta'minlash, turarjoy va kreditlashni reklama qiluvchilar foydalanuvchilarning jinsiy mansubligi, yoshi, farzandlari bor-yo‘qligi, fuqarolik holati va pochta indeksiga qarab targetlash (mo‘ljallash) ni taqiqlaydi», — deya axborot bergan korporatsiya vitse-prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror AQSh va Kanada hududida 2020 yilning so‘ngiga qadar amalda bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: