«Formula-1» Ozarboyjon, Singapur va Yaponiyadagi poygalarni bekor qildi

Sport 16:41 / 12.06.2020 1357

«Formula-1» Ozarboyjon, Singapur va Yaponiyadagi poygalar bekor qilinganini e'lon qildi. Seriya rahbariyati va bosqich promouterlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda uchta bosqich o‘tkazilmaydi degan qarorga keldi.

Boku va Singapurdagi poygalar shahar trassalarini «Formula-1» bosqichiga tayyorlashda qiyinchiliklar mavjudligi uchun bekor qilindi. Yaponiyadagi poyga esa turistik cheklovlar sababli o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Ushbu mavsumda bekor qilingan poygalar soni yettitaga yetdi. Avvalroq «Formula-1» tashkilotchilari Avstraliya, Monako, Fransiya va Niderlandiyadagi bosqichlarni o‘tkazmaslikka qaror qilgandi.  

«Formula-1» mavsumi 5 iyuldan boshlanishi rejalashtirilgan. Chempionatning birinchi va ikkinchi poygalari Avstriyada o‘tkaziladi. Shuningdek, Vengriya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya va Italiyada poygalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: