Rasman: O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati-U19 qachon o‘tishi ma'lum bo‘ldi

Sport 21:48 / 11.06.2020 9585
Foto: OFK

Chempionat mezbonligi O‘zbekistonga berilganda o‘yinlar 14-31 oktabr kunlari o‘tkazilishi belgilangandi. OFK e'lon qilgan xabarda Osiyo chempionati U19 musobaqasi aynan shu muddatda o‘tishi ko‘rsatilgan.

Hozircha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari qaysi shaharlarda o‘tishi aniq emas va bu OFK nazoratchilarining tashrifidan so‘ng ma'lum bo‘ladi. Musobaqani o‘tkazish uchun Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlari tayyor ekani ma'lum qilingan. Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda o‘tadigan musobaqada yarim finalga chiqqan 4ta jamoa 2021 yil Indoneziya mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Final bosqichiga quyidagi jamoalar yo‘l olgan: O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar, Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya, Malayziya, Iroq, Vetnam, Kambodja, Eron, Yaman, Bahrayn, Laos.

Ko‘proq yangiliklar: