Og‘ir atletika Olimpiada dasturidan chiqarilishi mumkin

Sport 01:23 / 11.06.2020 5482

“Men og‘ir atletika, Tamash Ayan [IWF’ning sobiq prezidenti] bo‘yicha hisobotdan karaxtga tushdim. Ularga bu bo‘yicha yordam bermoqchimiz. Biz o‘z ortimizdan qat'iy choralar ko‘rish huquqini saqlab qolamiz. Hattoki og‘ir atletika O‘yinlar dasturidan chiqarilishi mumkin”, deb aytgan Bax. 

Avvalroq kanadalik huquqshunos Richard Maklaren IWF’dagi vaziyatga bag‘ishlangan hisobotni taqdim qilgan. Uning jamoasi federatsiya faoliyatida Tamash Ayan boshchiligida yo‘l qo‘yilgan ko‘plab qonunbuzarliklarni aniqlagan. Bunday qonunbuzarliklar orasida mablag‘larning o‘g‘irlanishi, doping holatlarining yashirilishi, saylovlarda ovozlarning sotib olinishi kabilar bor.

81 yoshli Tamash Ayan IWF’ga 2000 yildan 2020 yilgacha rahbarlik qilib kelgan. 

Ko‘proq yangiliklar: