Jorj Floyd oilasi yordam so‘rab BMTga murojaat qildi
AQShda politsiyachilar zo‘ravonligi qurboni bo‘lgan afroamerikalik Jorj Floyd oilasi a'zolari va ularning advokati Benjamin Kramp BMTga murojaat qildi. Ular xalqaro tashkilotdan Floydning o‘limi ishiga aralashishni va AQSh huquq-tartibot idoralari faoliyatini isloh qilish bo‘yicha tavsiyalar berishni iltimos qilishgan.

Foto: Getty Images
“Biror davlatda yashovchi bir guruh odamlar o‘nlab yillar davomida hukumat tomonidan tizimli ravishda yashashga huquqdan mahrum qilinib kelar ekan, bu guruh xalqaro hamjamiyatga murojaat qilishi va BMTdan aralashishni iltimos qilishi lozim”, deb aytgan Floyd oilasi advokati.

Maktub ko‘rinishidagi iltimos 3 iyunda BMTning kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan shaxslar muammolari bo‘yicha ishchi guruhiga jo‘natilgan. Kramp o‘tkazilishi kerak bo‘lgan islohotlar qatorida politsiyachilar tomonidan fuqarolar o‘ldiriladigan har bir holatda mustaqil sud taftishlari o‘tkazilishini ta'minlash zarurligini qayd qilib o‘tgan.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

22:19 / 03.03.2025
BMT Xalqaro sudiga yangi rais saylandi

08:23 / 25.02.2025