Jahonning eng qimmatbaho futbolchilari e'lon qilindi: Mbappe 1-o‘rinda, Messi va Ronaldu keskin pastladi

Sport 19:42 / 08.06.2020 10832

Unga ko‘ra, Fransiya milliy jamoasi hamda «PSJ» klubi hujumchisi Kilian Mbappe dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi deb topilgan. 21 yoshli goleadorning transfer narxi koronavirus pandemiyasi tufayli 6 million yevroga pastlagan bo‘lsa-da, 259 million yevro futbolchilar orasidagi eng baland narx sanaladi. Parij klubi bilan 2023 yilgacha shartnomasi bo‘lgan forvard joriy mavsumda jami 33 o‘yinda 30ta gol va 17ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kuchli beshlikdan ketma-ket to‘rt nafar Angliya milliy jamoasi vakillari joy olgan. Jumladan, 2-o‘rinda 194 mln yevro narx bilan Rahim Stering («Manchester Siti») joy olgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Jyeydon Sancho («Borussiya») 179 mln yevro narx bilan band etgan. Trent Aleksandr-Arnold («Liverpul», 171 mln) va Markus Reshford («MYu», 152) 4-5-o‘rinlarni egallagan. 

«Barselona» forvardi Lionel Messi bu safar 100 million yevro transfer narxi bilan 21-o‘rinda, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 62 million yevro baho bilan 70-o‘rinda qayd etilgan. 35 yoshli portugaliyalik forvard top-100talikka kirgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

Qayd etish joiz, 2019 yil yakunlariga ko‘ra Messi ushbu reytingda 171,2 millin yevro narx bilan 7-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Ronaldu 127,2 million yevro transfer narxi bilan 19-o‘rindan joy olgandi. O‘tgan bir yil va pandemiyadan keyin Messi bu ro‘yxatda 14 o‘ringa, Ronaldu esa 51 o‘ringa pastlagan.

Jahonning eng qimmatbaho futbolchilari o‘nligi:

1. Kilian Mbappe («Pari Sen-Jyermen») – € 259,2 mln
2. Rahim Sterling («Manchester Siti») – € 194,7 mln
3. Jyeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – € 179,1 mln
4. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») – € 171,1 mln
5. Markus Reshford («Manchester Yunayted») – € 152,3 mln
6. Muhammad Saloh («Liverpul») – € 144,9 mln
7. Sadio Mane («Liverpul») – € 139,2 mln
8. Antuan Grizmann («Barselona») – € 134,6 mln
9. Alfonso Devis («Bavariya») – € 133,5 mln
10. Harri Keyn («Tottenhem») - € 118,7 mln

22. Lionel Messi («Barselona») – € 100,1 mln

70. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – € 62,8 mln.

Ko‘proq yangiliklar: